**  **
Fanlar   ro'yhati
  • INFORMATIKA
Elektron pochta va undan foydalanish.

  • ONA TILI VA ADABIYOT
Z.M.Bobur ijodida she'riy san'atning qo'llanilishi

  • JISMONIY TARBIYA
Engil atletika

  • TARIX
3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab suratchini ko'zi bilan


   O'qituvchi   bo'limi \ Ochiq darslar \ Informatika   

Farg`ona  shahar  maxsus  yo`nalishli
3-o`rta  umumta`lim  maktabining  o`quvchisi
"KOMPYUTER  SAVODHONLIGI  VA  ENG  YAHSHI  DASTURLAR"
ko’rik  tanlovi  ishtirokchisi  Abdurasulov Baxtiyorning
Internetda  elektron  pochta  va  undan  foydalanish  to`g`risidagi  bajargan  ishi.





=  Elektron  pochta  va  undan  foydalanish  =


    Avvalo siz "Internet nima?" - degan savolga javob bera olishingiz kerak. Internet - global tarmoqqa ulangan kompyuterlar majmuidir. Aslida Internet millionlab kompyuterlarni, dasturlarni, ma'lumotlar bazalarini, fayllarni va odamlarni birlashtiruvchi tarmoqlardan tashkil topgan tizimdir.

Internet imkoniyatlari
-Ta'lim olish
-Muloqat vositasi
-Umumiy ma'lumotlar bazalari va kutubxonalar
-Bilimlar almashish vositasi
-Hamkorlik
-Elektron ofis

Siz Internet Explorer bilan ishlashni bilasizmi?

    Internetda ishlashni boshlashdan oldin Internet bilan ishlaydigan dasturni ishga tushirish kerak. Bunday dasturlar BRAUZERLAR deb ataladi. Zamonaviy brauzerlardan biri bu Internet Explorer. Siz internet Explorerni bir necha usullarda ishga tushirishingiz mumkin:

-Ish stolidan
-"Пуск" menyusi yordamida
-"Быстрый запуск" panelidan

Internet Explorer. Uchta holati.

Internet Explorerni ishga tushirganingizdan so`ng, Internet Explorer interfeysi hosil bo`ladi:

IE-ning ish maydoni

    Internet Explorer dasturini ham boshqa dasturlar oynasidek menyu satri va yordamchi to`gmalari mavjud. Dasturda ishlash uchun biz har birini bilishimiz lozim. Oynaning eng yuqori qizmida SARLAVHA satri, ikkinchi satrida esa MENYU satri joylashgan. Bu dasturni ishlash holatlarini to`g’ri o`rnatish uchun biz menyu satridan foydalanamiz.

Quyida biz menyu satrining har bir bo`limini alohida ko`rib chiqamiz.

Файл menyusi


Создать Yangi oynani ochish
Открыть окно Yangi yoki saqlangan saytni shu oynada ochish
Редактировать Saytni tahrirlash
Сохранить как Saytni qattiq diskka saqlash
Параметры страницы Sayt varaqasining xususiyatlarini o`zgartirish
Печать Bosmaga chiqarish
Отправить Saytni junatish
Экспорт импорт Ma'lumotlarni tanlab olingan joyga (Internet Explorer)ga oson yo`llar bilan yuborish va qabul qilish
Свойства Sayt xususiyatlarini ko`rish
Работать автономно Telefon orqali ulanmasdan ishlash
Закрыть Oynani berkitish


Правка menyusi


Вырезать Xotiraga qirqib yoki kuchirib olish
Копировать Xotiraga nusxani olish
Вставить Xotiraga olingan nusxani chiqarib qo`yish
Выделить всё Butun saytni belgilab tanlash
Найти Qidirish


Вид menyusi


Панель инструментов Yordamchi asboblarni o`rnatish
Строка состояния Мa’lumotlarni satrini o`rnatish
Панель обозревателя Sharhlovchi asboblarni o`rnatish
Перeход Saytdan boshqa saytga o`tish
Остановить To`xtatish
Обновить Yangilash
Размер шрифта Harflar shriftini o`zgartirish
Вид кодировки Kodlarni o`zgartirish
Вид HTML HTML ko`rinishda ko`rsatish
Во весь экран To`liq ekranda ko`rish


Избранное menyusi


Добавить в избранное Kerakli bo`lgan saytlar ro`yxatiga qo`shib qo`yish
Упорядочить избранное Kerak bo`lgan saytlar ro`yxatini tartiblash


Сервис menyusi


Почта новости Pochta bilan ishlash
Синхронизировать Oynani qayta tekshirib yangilangan sohalarni o`zgartirish
Windows Update Windows ni versiyasini Internet orqali yangilatish
Показать связные ссылки Hamma giperyullanmalarni ko`rsatish


BO'LIMLAR

Свойства обозревателя - Обшие bo`limida – boshlovchi saytni o`rnatish, временный fayllarni yoki kiritilgan saytlar ro`yxatini saqlash, ekran ranglari tilli shrifti va har hil boshqa holatlarni o`rnatish.

Программа bo`limida – pochta va telekonferensiyalar bilan ishlaydigan dasturlarni o`rnatish.

Соеденение bo`limida – ulanish vaziyat holatlarini o`zgartirish.

Безопастность bo`limida – viruslardan saqlanish.

Содержание bo`limida – bir xil saytlarga kirishni takidlash, malumotlar to`g’rilikni o`rnatish.

Дополнительно bo`limida – Explorer dasturini xususiyatlarini o`rnatish (qaysi obektlarni yuklash va yuklamasligini)


     Menyu satridan keyingi satrda yordamchi tugmalar satri mavjud. Bu satrdagi tugmalar yordamida siz har xil amallarni bajarishingiz mumkin. Hozir ana shu tugmalar vazifasi bilan tanishamiz.

Yordamchi tugmalar

Назад Bir sahifa orqaga yoki boshqa saytlarga qaytish
Вперед Bir sahifa oldingi yoki yangi saytlarga o`tish
Остановить Bajarilayotgan buyruq ishini to`xtatadi
Обновить Ekrandagi sahifani yangilaydi
Домой Internet ishga tushirilgandagi sahifani ekranga chiqaradi
Поиск Ma’lumotlarni topish xizmatini ishga tushiradi
Избранное Kerakli saytlar ro`yxatini ko`rish
Журнал Foydalanilgan saytlar ro`yxatini ko`rish


Yordamchi tugmalar satridan keyingi qatorda Adress satri joylashgan.

     Bu satrda biz kerakli Web-sayt adresini yozib ENTER tugmasini bosamiz va natijada kompyuter ekranida shu adresga tegishli Web-sahifa paydo buladi.
Biz internet orqali ko`plab ma'lumotlar olishimiz mumkin. Internet yordamida siz informatikaga oid ma'lumot olmoqchisiz yoki undan foydalanmoqchisiz, buning uchun qidiruv sistemalaridan foydalanasiz. Quyida siz bir qancha qidiruv serverlari bilan tanishib chiqasiz:

www.yahoo.com
www.rambler.ru
www.google.com

Ajoyib qidiruv sistemalaridan biri www.google.com ni ekranda ko`rib turibsiz :

Qidiruv sistemalaridan biri www.google.com

     Siz ushbu qidiruv sistemasi yordamida informatika fanidan, qolaversa barcha fanlardan to`liq ma'lumotlar topishingiz mumkin. Buning uchun qidiruv sistemasiga informatikaga oid biror so`zni yozasiz, masalan "Internet haqida":

Siz izlayotgan ma'lumotlardan iborat saytlar ro`yxati chiqadi. Siz o`zingizga keraklisini tanlaysiz. Natijada siz ko`tgan "Internet haqida" ga oid barcha ma'lumotlardan iborat sayt hosil bo`ladi. Siz qidiruv sistemasi orqali topgan ushbu sayt orqali Internetning ko`pgina qirralari haqida malumot olasiz.

Quyida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib, dars jarayonida qo`llasangiz Informatika fanini o`qitishda qolaversa boshqa fanlarda ham tatbiq etilsa, o`ylaymanki sizga ancha yordam beradi.

ELEKTRON POCHTA VA UNDAN FOYDALANISH

    Internetning asosiy xizmat turlaridan biri bu Elektron pochtadir. Hozirgi paytda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati elektron pochtadan foydalanishadilar. Lekin Elektron pochtadan to’g’ri va unimli foydalanish talab etiladi. Sizlarga taqdim etadigan ko`rsatmalarimiz elektron pochtadan foydalanish bo`yicha tavsiyalar o`rin olgan.

Elektron pochta

Elektron pochta (e-mail-electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlar jo’natilishini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalligi vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olguniga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, programm fayllarni o’z ichiga olishi mumkin. Elektron xatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslar bo’yicha jo’natilishi mumkin.

Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki Internetning asosiy xizmat programmalari bilan interfeysga ega. Bunday yondashuvning mohiyati shundaki, xost-kompyuterga talab elektron xat ko’rinishida jo’natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta’minlovchi standart yozuvlar to’plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter komanda sifatida qabul qiladi va bajaradi.

Elektron pochta xizmatidan foydalanish.

Internet elektron pochta xizmatini ko’rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xay bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog’i yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak.

Elektron adresni provayder beradi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin. Quyidagi rasm orqali http://www.mail.ru sistemasi orqali pochta ochilishini ko`rishingiz mumkin. Uning uchun biz avval registrasiyadan o`tishimiz lozim. http://www.mail.ru sistemasi orqali "Регистрация в почте" bosamiz. Natijada quyidagi anketalarni tuldirish lozim bo`ladi:

Anketalarni tuldirish

Anketalarni tuldirish

Shundan sung "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasi bosiladi. Agar biz tanlagan login oldindan registratsiyadan o`tmagan bo`lsa, to`gridan to`gri pochta ochiladi. Aks holda boshqa login tanlash haqida ogohlantiradi:

Boshqa login tanlash haqida ogohlantirish

Biz tanlagan loginimiz oldindan kiritilganligini eslatib boshqa login tanlashimizga ruxsat beradi. Shundan so`ng biz boshqa login tanlab "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasini bosamiz va natijada yangi elektron pochtaga ega bo`lamiz.

Mana o`zimizning shaxsiy elektron pochtamizga ega bo`ldik. Elektron adres odatda e-mail deb ko’rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborayotgandek, uning kimga, qayerga va kimdanligini yozishingiz shart. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so’ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so’ng xat ko’rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Yani har bir foydalanuvchi o’zining pochta qutisiga ega. Umimiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo`natiladi.

Xat yozish tartibi

Pochtangizga kirib, "Написать письмо" tugmasini bosamiz va quyidagilarni bajaramiz.

Кому maydonida tanishingizni elektron adresini yozasiz. masalan, akodirov@doda.uz
Kопия maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslarini yozish lozim. Ya'ni xatni bir necha kishiga yuborish zarur bo`lganda.
Тема maydonida xat mavzusini yozamiz. Masalan, "Tabrik"

Pastki katta darchada esa xat matni yoziladi. Masalan,

Xatni to`g'ri yozganingizni quyidagi rasm orqali solishtirib, tekshirib ko`rishingiz mumkin.

So`gra "Отправить" tugmasini bosamiz. Natijada xat jo`natilganlik haqida ma'lumotni ko`rishingiz mumkin.

Demak, Siz internetda elektron pochtadan foydalanmoqchi bo`lsangiz mail.ru sistemasidan boshqa elektron pochta xizmat turlari mavjud. Bulardan- www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.yandex.ru, www.rambler.ru vahokozolar.

Hozirgi kunda O`zbekistonda ham ko`plab serverlar xizmat ko`rsatmoqda (www.doda.uz, www.iguzar.com), ushbu sahifalariga kirib elektron pochtasidan foydalanishingiz mumkin.

ELEKTRON POCHTA VA UNDAN FOYDALANISH

- Elektron pochta – bu internetning noyob imkoniyatlaridan biri bo`lib, u quyidagi xususiyatlarga ega :
- Ma’lumotni yetkazish va almashish vositasi;
- Muloqatning samarali vositasi;
- Tez va samarali ravishda axborot almashishga imkon beruvchi texnik vositadir.

E-MAIL imkoniyatlari:

- Har qanday turdagi ma’lumot (matn, audio, video, grafika) almashish; (ilova qilingan fayllar shaklida)
- O`qitish imkoniyati; (masofali o`qitish jarayonida elektron pochtadan foydalanish)
- Har xil turdagi ma’lumot bilan tanishish; (yuboriladigan turli yangiliklarga obuna bo`lish)
- Reklama. (reklama bloklarini yuborish)

Pochta xizmatlari ikki xil bo`ladi:

· Pullik
· Bepul

Pullik elektron pochta xizmatlari bepul elektron pochta xizmatlaridan har xil turdagi xizmat xususiyatlari bilan farq qiladi (pochta uchun alohida ajratilgan joy, ishonchliligi va boshqalar). Lekin aslida bepul pochta xizmati ko`p foydalanuvchiga mos keladi.

Bepul pochta xizmatlarini taklif qiluvchi mashhur serverlar:

www.rambler.ru
www.mail.ru
www.yahoo.com
www.hotmail.com
www.yandex.ru




Farg'ona   shahar
3   umumta'lim   maktab
2009 yil.


                   

последнее обновление: 18.04.2010
(C) 2009-2010г.


Hosted by uCoz