**  **
Fanlar   ro'yhati
  • INFORMATIKA
Elektron pochta va undan foydalanish.

  • ONA TILI VA ADABIYOT
Z.M.Bobur ijodida she'riy san'atning qo'llanilishi

  • JISMONIY TARBIYA
Engil atletika

  • TARIX
3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab suratchini ko'zi bilan


   O'qituvchi   bo'limi \ Ochiq darslar \ Ona tili va adabiyot   




O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Farg`ona shahar Xorijiy tillarga ixtisoslashgan 3-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
SOBIROVA  MUBORAK
Z.M.Bobur  ijodida  she'riy  san'atning  qo'llanilishi  mavzusida
ELEKTRON DARSI.



Sen - gulsen, men - haqir bulbuldurmen
(Zahiriddin Bobur)

Zahiriddin Bobur







MAVZU :

"Z.M.Bobur  ijodida  she'riy  san'atning  qo'llanilishi"

Darsning maqsadi:

Tarbiyaviy: O’quvchilarda so’z qudrati va uning inson ruhiyatiga ta’sirini his qilish tuyg’usini shakllantirish.
Ta’limiy: O’quvchilarning mumtoz badiyatlar yuzasidan olgan bilimlarini sinab ko’rish, badiyatlar yuzasidan olgan bilimlarini sinab ko’rish, badiiy tasvir vositalari haqida bilim beish.
Rivojlantiruvchi: Badiiy san’at vositalari asosida yanada ta’sirchanlik qudratiga ega bo’lgan she’riy go’zallik va nafosatni his qilishga o’rgatish.

Darsning jixozi:

Z.M.Boburning asarlari, mumtoz adabiyotga xos ko’rgazmalar, rasmlar, tarqatma topshiriqlar.

Texnik vosita:

Magnitofon, “Anglash”.

Darsning usullari:

“Klaster”, “aqliy hujum”, “taqdimot”.

Darsning borishi:

    O’quvchilar “Bog’i Boburdan gullar uzadilar” ular oq, qizil, sariq gullar sohibi sifatida 3 guruhga bo’linadilar va guruh sardorlarini saylaydilar. Har bir guruh kelishgan holda o’zlariga nom tanlaydilar. Masalan:

  • “Bobur”
  • “She’riyat”
  • “Malohat”
Darsga shior tanlab olinadi.

Shior:
“Birga bo’lsak hammamiz, har mushkulni yengamiz!”.

O’qituvchi:
Ma’lumki she’riy san’atlar badiiy asardan o’rin olgan g’oyalarning hayotiy va ta’sirchan ifodalanishiga, lirik qahramonlarning yorqin gavdalantirishiga misralar, baytlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bugungi darsimizda Bobur ijodida qo’llanilgan she’riy san’atlarning rang-barangligi va jozibasi haqida so’z yuritamiz.
Aqliy hujumga kirishish uchun shunday topshiriq beraman. Qanday she’riy san’at turlarini bilasiz?

O’quvchilar oldindan tayyorlab qo’ygan qog’ozga
o’zlari biladigan she’riy san’atlarni “Klaster” usuldan foydalanib,
gul shaklda yopishtirib chiqadilar (Did bilan bezatilgan ishlar rag’batlantiriladi)

Talmeh, Tashxis, Tajnis, Irsoli masal, She’riy san’at, Mubolag’a, Tazod, Tashbeh, Tanosib





Sel emesdir yer yuzin tutgan ko’zimning yoshidir.
Ra’d emesdir ko’kka chirmashgan ko’ngil afg’onidir.

(Mubolag’a)

Xati binafsha, kadi lola zulfi, rayhondir,
Bahori husnida yuzi ajab gulistondir.

(Tashbeh)

Agar ul qoshi yosiz bog’ gastini orzu qilsam,
Ko’zimga o’qdurur sarvu ko’ngulga g’uncha paykondir.

(istiora, tashbeh, tanosib)

Mening ko’nglimki, gulning gunchasudek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o’lsa, o’chilvog’i ne imkondir.

(Tashbeh, muharrar, mubolag’a, tanosib)

Qadding alifu qoshing erur yo
Desam ne ajab agar seni oy

(Tashbeh, kitobat)

Daviyi ishq etib g’ayr,
Boburni ayb qilma
Kim men edim seningdek,
Sen bo’lg’aysan meningdek

(irsoli masal)

Iroqu g’orsa gar etsa sening she’ring ey bobur
Aniy hitz Hofiz, musallam tutqusi salmon

(Tashbeh)

O’tirur garchi meni guftoring.
Tirqizur ul labi shakarboring.

(Tazod)

To oq yuzing yiroq tushdi,
Ikki ko’zim ichra oq tushti.

(Tajnis)

O’qituvchi:
-Ko’rib turganingizdek barcha buyuk so’z usatalri o’z asarlarida she’riy san’atlardan o’rinli foydalanganlar. Chunki asarning badiiy qimmatini, ta’sirchanlik doirasini belgilashda lafziy san’atining ahamyati katta.

O’qituvchi topshirig’i bilan o’quvchilar guruhlarda
kichik ilmiy tadqiqot o’tkazadilar va natijalarini himoya qiladilar.
Tadqiqot uchun magnitafon orqali o’qib eshittirilgan gazlarni tuzilishi jihatdan tahlil qilish topshiriladi.

  1. -guruh g’azalning qofiya tizimini o’rganib chiqadi.
  2. -guruh qofiyadosh va radif so’zlarni aniqlanadi.
  3. -guruh g’azalning mat’la va maqatsini topadi va ularni qanday farqlash mumkinligini sharhlaydi.


Mustahkamlash.

    Har bir guruh 1 tadan ruboiy va tuyuqlardan namuna beriladi va she’riy san’atlarni aniqlash topshiriladi.

Qaddimni firoq mehnati yo qildi,
Ko’glim g’ami anduh o’tig’a yoqildi.
Holimni saboda aytib erdim ey gul.
Bilmon senga sharh qilmam yo o’ldi.

(istiora, tajnis, tashxis)
     
   Sen gulsenu, men fair bulbuldurmen.
Sen shu’lasenu ul shu’laga men quldurmen.
Nisbat yo’qtur deb ijtinob aylamakim.
Shahmen elga, vale senga quldurmen.

(Tazod, tahbeh, tanosib)
  
      Meni behold aylagan yor aydurur,
Kim aning vasli menga yoroydurur.
Gar visoli bo’lmasa ketmak yerim,
Yo Xuroson, yo Xito, uo Roydurur.

(Tajnis)


Fikrlar himoyasi.

    1-guruh
Boburning bu ruboyasida ma’shuqa gulag, shu’laga, oshiq esa bulbulga, shu’la guliga o’xshatilgan, ya’ni tshbeh san’ati qo’llanilgan.
Shah-gul so’zlari qarama-qarshi ma’noni ifodalab, tazodni, gul, bulbul so’zlari ma’nodoshligi tufayli tanosib san’atini hosil qilgan.

Har bir guruh o’qituvchi tomonidan tayyorlangan savollardan ikkitadan oladi va o’zaro kelishilgan holda savollarga javob beradilar.

Savollar:

  1. Irsoli masal deb qanday she’riy san’at turiga aytiladi?
  2. Tazod qanday san’at?
  3. Talmeh san’ati haqida so’zlang.
  4. Tashxis san’ati nima?
  5. Tashxis san’ati nima?
  6. Tashbeh qanday san’at?

Bahru bayt

    Guruh o’rtasida Bobur asarlaridan yod olingan baytlari asosida bahru bayt musobaqasi o’tkazildi. Faol qatnashgan guruhlar rag’batlantirildi.

O’qituvchi:
-Barakalla!
Bolajonlar, bugun biz Bobur yaratgan g’azal bog’ni sayr qilib, g’azallikdan bahramand bo’ldik.. Istardimki, shu baxt, shu ruhiyat sizni hech qachon tark etmasin.
Bugungi darsimni “Shoh Bobur’ nomli sh’er bilan yakunlaymiz.

O’quvchilar baholanadi, quydagi savollarga javob topib kelish vazifasi beriladi.

  1. Boburning umri davomida yozgan asari.
  2. Aruz vazniga oid asari.
  3. Harbiy yurushlarga bag’ishlangan asar.

Angales

    O’quvchilar bilimini sinab ko’rish maqsadda Bobur qalamiga mansub g’azallardan namuna beriladi. O’quvchilar berilgan baytlardagi she’riy san’at turlarini aniqlab, izohlab beradilar.




Farg'ona shahar
3-umumta'lim maktab
2009 yil


                   

последнее обновление: 18.04.2010
(C) 2009-2010г.


Hosted by uCoz